0 Comments

Buraxan ota maqbarasi — O‘zbekistondagi madaniy meros obyekti, diqqatga sazovor joy. Obyekt davri: XII—XIV asrlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Qipshaq“ OFY. Davlat mulki (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan.

Yodgorlik sitadel shahriston va himoya devorlariga ega bo‘lmagan katta rabotdan iborat. Umumiy maydoni 0,25 gektar (kadastr hujjatiga ko‘ra). Shahriston 250×200 m. maydonga ega bo‘lib, markazda joylashgan va qo‘rg‘on devor bilan o‘ralgan. Sitadel shahristonning shimoli-sharqiy qismida. Buraxan shahri xarobaxonasi yoki Xovand XIX asr xronikasida Hakim ata-Sulaymon Boqirg‘oniy mozori bilan Qo‘ng‘irot o‘rtasidagi shahar xarobaxonalari sifatida tez-tez belgilangan. Munis, Ogahiylarning fikricha, shahar xarobaxonasining haqiqiy nomi – Xovand deb nomlangan. Lekin u Buraxan nomi bilan ma’lum.

Arkning janubi-g‘arbida shahar masjidining minorasi arxeologik tadqiqotlar natijasida topiladi. Minoraning saqlangan qismi 4,40 sm. Uning pastki qismida diametri 9,5. Uning balandligi 60 metrcha bo‘lgan. Bunday masjidlarning minoralari Buxoro, Qiyot, Ko‘hna Urganch, Termiz, Vobkent va boshqa shaharlarda ma’lum ekanligi yozilgan.

Buraxan yodgorligi shahar sifatida XI-XIII asrlarda Xorazmshohlar davlatining shimoliy hududlaridagi poytaxt shaharlardan bo‘lgan. Bugungi kunda xalq ziyorat qiladigan maskanga aylangan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan