
Qo’ng’irot tumani haqida
Qoʻngʻirot tumani — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1927-yil 24-iyulda tashkil etilgan[2]. Shimoli-sharqdan Moʻynoq tumani, sharqdan Amudaryo orqali Boʻzatov, janubi-sharqdan Qanlikoʻl, Shoʻmanay tumanlari, janubdan Turkmanistonning Toshhovuz viloyati, gʻarb va shimoldan Qozogʻiston Respublikasining Atirau va Aqtoʻbe viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 74,49 ming km2. Hududi jihatidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari ichida eng kattasi. Aholisi 137,8 ming kishi (2025)[3]. Tumanda 39 ta mahallalar mavjud. Shundan 22 ta mahalla fuqarolar yig’ini(Almazar MFY, Taraqli MFY ,Gulabad MFY, Talliq MFY, Xan-jap MFY, Temir yo‘l MFY, Qashi MFY, Berdaq MFY, Monshaqli MFY, Mingjargan MFY, Qumbiz MFY, Qaratal MFY, Hakim-ota MFY, Turkiston MFY, Bostan MFY Turan MFY, Qo‘ng‘irot MFY, Azatlik MFY, Sanaat MFY, Jingishke MFY, Navoiy MFY, Qo‘ng‘irot MFY), 12 Ovul fuqarolari yigʻini (Adabiyot OFY, Xorazm OFY, Kiet OFY, Ornek OFY, Ajiniyoz OFY, Qangli OFY, Qo‘ng‘irot OFY, Ustirt OFY, Ravshan OFY, Kokdarya OFY, Miynetabad OFY, Qipchoq OFY, Suuenli OFY) va 5 shaharcha fuqarolar yig’ini (Jasliq ShFY, Oltinkoʻl ShFY, Qirq-qiz ShFY, Elobod ShFY, Qoraqalpogʻiston ShFY) mavjud. Markazi — Qoʻngʻirot shahri[4].
Tabiati
Yer yuzasi asosan, Ustyurt platosidan iborat. Oʻrtacha balandligi 150–200 m eng baland joyi 290 m (tumanning gʻarbiy qismidagi Qorabo-vur qirida). Markaziy qismida Borsa-kelmas, sharqida Qoraumbet shoʻrxoklari, janubida Asakaovdon botigʻi, Turkmaniston bilan chegaradosh hududida Qoplonqir tekisligining va Sariqamish koʻlining shimoliy qismida joylashgan. Iqlimi keskin kontinental, quruq. Yozi issiq, qishi sovuq. Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi —4,2°C dan —6°C gacha, iyulniki 26,2°C, baʼzan 28°C ni tashkil etadi. Eng past temperatura yanvarda —24°C, eng yuqori temperatura iyulda 41°C. Yillik oʻrtacha yogʻin 100 mm. Vegetatsiya davri 155—165 kun. Sugʻoriladigan zonalarda 183 kun. Tuman xoʻjaliklari Suelli magistral kanali, Ravshan, Oltinkoʻl kanallaridan suv oladi. Shuningdek, tuman hududiga Mashan koʻli va shimoliy qismida Suelli koʻlining janubiy chekkasi bilan tutashgan. Tuproqlari Ustyurt platosida, asosan, choʻl sur-qoʻngʻir, sugʻoriladigan sharqiy qismida oʻtloqiboʻz va oʻtloqi tuproqlardan iborat. Shoʻrxok, taqir tuproqlar va taqirlar ham uchraydi. Tabiiy oʻsimliklari, asosan, choʻl oʻsimliklari: shuvoq (jumladan, gul-shuvoq), qirqboʻgʻin, qora saksovul va boshqalar. Amudaryo boʻylarida oʻrmonlar ham mavjud. Yovvoyi hayvonlardan saygʻoq, boʻri, tulki, qumsich-qon, ilon, kaltakesaklar; kemiruvchilardan ondatra, kalamushlar; qushlardan qirgʻovul, qargʻa, oʻrdak, baliqchi, oʻrdakburun, suvlarida baliqlar bor.







Aholisi, asosan, qoraqalpoqlar, oʻzbeklar va qozoqlar, shuningdek, koreys, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 1,52 kishi (2005). Aholining 41% (44 ming kishi) qishloqlarda, 59% (69,2 ming kishi) shaharlarda yashaydi.
#Кунград #Qo’ng’irot #Qo’ng’irot tumani #Кунградский_район #Kungrad
